Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin vaqtida foydali portal ishga tushdi

Karantin vaqtida foydali portal ishga tushdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM yagona integratori va IT-Park bilan birgalikda karantin vaqtida ko‘pchilik uchun foydali bo‘lgan Uydaqoling.uz portali ishga tushirdi.

Mazkur portalda aholi uchun karantin rejimida eng dolzarb va muhim elektron xizmatlar taqdim etilgan.

Mazkur portal orqali uydan turib barcha xizmatlardan to‘laqonli foydalanish mumkin. Uydaqoling.uz sayti orqali onlayn tarzda nonushta, tushlik, kechki ovqatlarga buyurtmalar berish yoki mahsulotlarni buyurtma qilish, tibbiy maslahatlar, masofaviy ta’lim olish va hokazo…

Hozirgi kunga qadar portalda 190 dan ortiq xizmatlar o‘rin olgan. Taqdim etilayotgan internet-xizmatlar kengaytirib borilmoqda.

Bundan tashqari, har bir kishi mustaqil ravishda yangi xizmatlarni qo‘shish uchun maxsus anketa orqali katalogga taklif berishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring