Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-vizasi bor chet elliklarga yangi imtiyoz berildi

IT-vizasi bor chet elliklarga yangi imtiyoz berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ularga tibbiy xizmatlar o‘zbekistonliklarga o‘rnatilgan narxlarda ko‘rsatiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirining «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi (ro‘yxat raqami 3355-1, 20.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan).

Hujjatga muvofiq, «IT-visa»ga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) tibbiy xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqiga ega.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.06.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring