IT-Bilimlarini rivojlantirish markazi yoshlarni qo‘llab quvvatlashda davom etadi
2024 yilning birinchi yarmida Markaz «IT-Intern» ijtimoiy loyihasi doirasida IT-sohasida bilimga ega yosh mutaxassislarni xorijiy va mahalliy kompaniyalarga amaliyotga yo‘naltirdi hamda 100 nafarini ish bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shdi.
IT-Intern ijtimoiy loyihasining ishtirokchilari kun sayin ortib bormoqda. Yil boshidan loyiha doirasida 100 dan ortiq yoshlar ishga qabul qilingan. Shulardan 30 nafari esa rasmiy ravishda «H&K» va «SAT Microsystem» kabi xorijiy kompaniyalarga ishga joylashgan.
Amaliyotga yuborilgan o‘quvchilar loyiha menejeri, akkaunt menejeri, komplayens menejeri, hisobotlar bo‘limi amaliyotchisi, qarorlar tizimi bo‘yicha kichik tahlilchi, DevOps injeneri, dasturchi, dizaynerlik yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
«IT-Intern» 2024 yilning yanvar oyida yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy loyiha bo‘lib, unga ko‘ra yosh IT-mutaxassislari hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tashlari va kelgusida ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Loyiha doirasida Epam, H&K, SAT Microsystem, Click, IT-Community, Uzum Nasiya kabi 50 dan ortiq xorijiy va mahalliy kompaniyalar hamda Amiti, Turin politexnika universiteti, Tehnikum Code singari 50 dan ziyod ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Bugungi kunda yosh mutaxassislar bazasi 7000 nafarga yetgan. Hozirga qadar turli kompaniyalardan amaliyotchilar uchun 500 dan ortiq arizalar kelib tushgan. «IT BILIM» kompaniyasiga qo‘shiling va professional karerangizni boshlang.
Loyihaga qo‘shilish uchun:
Mutaxassislar - https://b24-t778q4.bitrix24.site/crm_form_ywanu/
Kompaniyalar - https://b24-t778q4.bitrix24.site/crm_form_rs1d3/
IT-Bilim – yosh mutaxassislarga axborot texnologiyalari sohasida o‘qishga yordam beruvchi va ularning keyingi ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi ekotizimdir. Markaz O‘zbekiston IT-sanoati rivojiga hissa qo‘shishga qodir navqiron yosh avlodni o‘qitish uchun sharoit yaratmoqda.
«IT-Bilimlarni rivojlantirish» markazi axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator dastur va loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan:
- Maqsadli qarz – IT-sohasida faoliyat yurituvchi o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli qarz ajratish;
- Biligi.uz – IT kurslarni bo‘lib to‘lash evaziga o‘qish imkonini yaratuvchi marketpleys;
- IT-INTERN – yosh IT-mutaxassislari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratuvchi ijtimoiy loyiha;
- Recruitment & Consulting – mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun malakali xodimlarni yollash xizmati;
- IT-Market – Axborot texnologiyalari sohasida bo‘sh ish o‘rinlari va IT-mutaxassislarining rezyumelari joylashgan ma’lumotlar bazasi;
- IT-Bilim Japan - Yaponiyada ishga joylashish uchun IT-xodimlarni o‘qitish va tayyorlash;
- IT-Bilim Akademiyasi – xalqaro o‘quv dastur bo‘yicha IT & BPO sohasida muvaffaqiyatli karera qurish uchun o‘qitish va tayyorlash;
- IT-Bilimni rivojlantirish markazida yaratilgan Pearson VUE test markazi xalqaro sertifikat uchun imtihon xizmatlarini taklif etadi.
IT-Bilim axborot texnologiyalari sohasida xalqaro e’tirof va muvaffaqiyatga erishishda yosh mutaxassislarni doim qo‘llab-quvvatlashga intiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter