IT-Bilimlarini rivojlantirish markazi Pearson VUE xalqaro test markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
IT-Bilimlarini rivojlantirish markazi Pearson VUE xalqaro test markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Endi biz bilan quyidagi:
- axborot texnologiyalari;
- sog‘liqni saqlash;
- iqtisodiyot;
- ta’lim;
- marketing yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olish uchun test sinovlaridan o‘tishingiz mumkin.
Test markazi dunyoning yetakchi tashkilotlari: LPI-Linux Professional Institute (LPIC-2 va LPIC-3), OpenEDG (Python Institute), Cisco (CCNA, CCNP), CompTIA va boshqa xalqaro sertifikatlarini taqdim etadi (to‘liq ro‘yxat).
Xalqaro sertifikat olish martaba o‘sishi va ko‘proq maosh oluvchi mutaxassisga aylanishingiz uchun yaxshi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuningdek, it-istedod.uz platformasi orqali xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha to‘lovni qaytarish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lishingiz mumkin.
IT sohaga endi qadam bosayotgan yoki o‘z bilimlarini yanada rivojlantirmoqchi bo‘lganlarni markaz qoshida faoliyat yurituvchi «IT Bilim Akademiyasi» ga taklif etamiz.
IT Bilim akademiyasida talabalarni xalqaro standartlarga mos o‘quv qo‘llanma bo‘yicha o‘qtitish maqsadida Cisco, OpenEDG instituti va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Linux Professional Institute (LPI) bilan shartnoma imzolandi.
Akademiya quyidagi:
- IT Recruitment;
- Python;
- Linux;
- Frontend;
- Kiberxavfsizlik;
- Cisco kabi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarni xalqaro standartlarga mos o‘quv qo‘llanma bo‘yicha o‘qish imkoniyatini taklif qiladi.
(telegram - https://t.me/itbilim_academy)
(sayt - https://academy.it-bilim.uz/ru/)
IT Bilim Test Markazida imtihon topshiring va sertifikatlangan xalqaro mutaxassislarga aylaning!
«IT-Bilimlarini rivojlantirish markazi» MChJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi «Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 556-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan moliyalashtiruvchi tashkilotdir.
«IT-Bilimlarini rivojlantirish markazi» MChJning asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, hamda O‘zbekiston Respublikasi IT-sanoati rivojiga hissa qo‘shishga qodir bo‘lgan yosh avlodning iqtidor va salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
O‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun «IT-Bilimlarni rivojlantirish» markazi axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qator dastur va loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan:
• IT-sohasidagi ta’lim muassasalari uchun maqsadli qarz ajratish. Markaz IT-ta’lim yo‘nalishida faoliyat yurituvchi IT-Park rezidenti maqomiga ega o‘quv markazlarini:
- zamonaviy texnikalar bilan jihozlash;
- o‘quv binosini kengaytirish;
- malakali mentorlarni jalb qilish;
- zarur dasturiy ta’minotlar xarid qilish uchun maqsadli qarz ajratadi. Qarz olish sharti ta’lim kursi talabalarini ish bilan ta’minlash kafolati hisoblanadi.
• IT-ta’lim uchun sarflangan xarajatlarni qoplash. Yetakchi o‘quv markazlarining IT-kurslarini o‘z ichiga olgan ta’lim bozori bilgi.uz marketpleysi. Marketpleysda yetakchi o‘quv markazlaridan IT-kurslarni ikki oylik imtiyozli davr bilan bo‘lib to‘lash evaziga ta’lim olish imkoniyati.
• Amaliyot o‘tash uchun ijtimoiy loyiha. Markaz tomonidan «IT-Intern» ijtimoiy loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra yosh IT-mutaxassislari hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tashlari va kelgusida ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
• Kadrlar agentligi. Kadrlar salohiyatini rivojlantirish va yosh IT-mutaxassislarini ishga joylashishida yordam ko‘rsatish maqsadida yaratilgan loyiha bo‘lib, O‘zbekiston va xorijdagi yetakchi kompaniyalar uchuin IT-mutaxassislarni tanlash va ishga joylashtirishga yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
• IT-Bilim akademiyasi. Bu IT-Park ko‘magida yaratilgan innovatsion loyihadir. Loyixaning maqsadi akademiya talabalarini raqamli muhitda samarali ishlash uchun bilim, ko‘nikma va tajriba bilan ta’minlash orqali IT & BPO sohasida muvaffaqiyatli kareraga tayyorlashdir.
• Xalqaro test markazi. Bu xalqaro standartlarga javob beradigan maxsus jihozlangan maydon bo‘lib, unda mutaxassislar uchun IT sohasidagi bilim va malaka darajasi bo‘yicha onlayn test sinovlaridan o‘tish imkoniyati yaratilgan.
Mutaxassislar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan holatda, ularning bilim va ko‘nikmalarini baholovchi xalqaro hamkor tashkilotlarning butun dunyo miqyosida tan olingan xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritish imkoniyatiga egalar.
• IT-Market – bu bo‘sh ish o‘rinlarini va axborot texnologiyalari sohasidagi malakali mutaxassislardan arizalarni izlash uchun keng imkoniyatlarni taqdim etuvchi platforma.
Biz O‘zbekiston Respublikasi IT-sanoati rivojiga hissa qo‘shishga qodir bo‘lgan yosh avlodning iqtidor va salohiyatini rivojlantirishdan, ularga qulay sharoitlar yaratishdan behad mamnunmiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter