Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi

Ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi

2023-yilning 1-mayidan boshlab yagona portal (my.gov.uz)da «Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish» xizmati  yoqildi.

Endilikda arizalar ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilar o‘zgardi:

  • subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqarildi;
  • subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilindi;
  • bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;
  • subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritildi:
  • yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
  • olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

2023-yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1 maydan 2023 yil 1 dekabrgacha qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring