Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internetga botnet hujumi uyushtirildi

Internetga botnet hujumi uyushtirildi

Foto: «Lenta.ru»

«Cisco» tarmoq uskunalariga xakerlar uyushtirgan keng miqyosdagi hujum sababli butun dunyoda internet-resurslar vaqtincha ishlamay qoldi. «Cisco — Talos Intelligence» tadqiqot guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar mijozning zaif tomonlarini topishgan. Bu haqda «Lenta.ru» xabar berdi.

«Solar Security» aniqlik kiritganidek, «Cisco» uskunalarini masofadan turib boshqarish maqsadida internetda «Cisco IOS» tizimidagi zaifliklarni aniqlash uchun xakerlar tomonidan keng miqyosda hujum uyushtirilgan.

Hujum tufayli bir nechta yirik provayderlar zarar ko‘rdi, misol uchun 6 aprel kuni kechqurun bir muddat «Twitter»dan foydalanishning imkoni bo‘lmadi.

«Talos» kompaniyasi hujumning ortida Rossiya hukumati bilan bog‘liq bo‘lgan «Dragonfly» guruhi turganini ta’kidlaydi. Kompaniya AQShning energetika va harbiy muassasalariga ham hujum uyushtirilganini istisno qilmaydi. 

«Laboratoriya Kasperskogo»ning ma’lumotiga ko‘ra, xakerlar «Cisco» kommutatorlariga hujum qilmoqda, buning ortida qaysi guruh turganini rossiyalik mutaxassislari hali bilishmaydi.

«Laboratoriya Kasperskogo»da qayd etishlaricha, butun boshli data-markazlarga hujum qilingani oqibatida asosan Rossiya segmentida mavjud bo‘lgan ko‘pgina internet resurslaridan foydalanishning imkoni bo‘lmagan.

«Cisco» AQSh kompaniyasi bo‘lib, tarmoq uskunalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring