«Instagram»da endi kuzatuvchilarni o‘chirish mumkin
«Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida yana bir qulaylik paydo bo‘ldi. Endi tarmoqda sizga a’zo bo‘lgan folloverlar, ya’ni kuzatuvchilarni o‘chirish mumkin. Bu haqda «Bigmir» xabar bermoqda.
Avvallari «Instagram»da folloverlar sonini boshqarish mumkin emas edi. Foydalanuvchilar o‘zlari istamagan kuzatuvchilarni bloklashlari va shu yo‘l bilan o‘z akkauntlariga kirishni cheklashlarigina mumkin edi.
A’zolar qatoridan o‘chirilgan foydalanuvchiga «Instagram» u endi sahifaga a’zo emasligini ko‘rsatadi. Ammo eslatib o‘tish joizki, agar sahifa ochiq bo‘lsa, foydalanuvchi suratlarni baribir ko‘raveradi yoki qayta a’zo bo‘lishi ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter