Instagram, Facebook va WhatsApp tarmoqlarida nosozlik kuzatildi
Instagram, Facebook va WhatsApp servislarida nosozlik va uzilish kuzatildi. Bu haqida mashhur internet resurslaridagi nosozliklarni kuzatib boradigan Downdetector sayti xabar berib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi nosozlik Toshkent vaqti bilan 15.00da boshlangan, Facebook esa Toshkent vaqti bilan 15.30da Rossiya, Italiya, Gretsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Malayziya va AQShda yaxshi ishlamay qolgan.
Xabarda aytilishicha, Instagram foydalanuvchilarining 46 foizi avtorizatsiya bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Yana 44 foizi yangiliklar lentasining yuklanishida nosozlikka duch kelgan bo‘lsa, 10 foiz foydalanuvchi Instagram saytiga o‘tishda muammoga uchragan.
Facebook bilan bog‘liq shikoyatlar esa saytga kira olmaslik bilan bog‘liq.
WhatsApp tarmog‘idagi muammolar Toshkent vaqti bilan soat 16.00dan boshlangan va Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Malayziya, Singapur va BAAda kuzatilmoqda. Foydalanuvchilarning 86 foizi serverga ulana olmayotgan bo‘lsa, 6 foizi avtorizatsiyadan o‘ta olmayapti va yana 6 foizi messenjerning veb-saytiga kira olmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter