Inqilob «o‘xshamadi»: «Samsung» barcha «Galaxy Fold»larini qaytarib olyapti!
«Samsung» kompaniyasi marketing maqsadida o‘zining inqilobiy gadjeti – «Galaxy Fold» buklama smartfonining bir nechtasini tavsif qilish uchun jurnalistlarga tarqatgandi. Ammo ularning displeyidagi nosozlik tufayli reklama kampaniyasi aks ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda «Terabayt» xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, janubiy koreyalik texnogigant endi o‘sha «Galaxy Fold»larning barchasini qaytarib olishga kirishgan. Shu bilan birga, ushbu modelning AQShdagi savdosi to‘xtatilgan, Xitoyda sotuvga chiqarilishi kechiktirilgan.
«Galaxy Fold» smartfonlarining eng muhim joyi – ekranida muammo chiqqan: ayrimlarida displeyning ba’zi joylari bo‘rtib qolgan, boshqalarda esa uning sensori teginishlarni to‘g‘ri qabul qilmagan... Ba’zi jurnalistlar esa, bilmasdan ekranning ustki qatlamini olib tashlashgan – ular buni shunchaki sotuvdan avval displey yuzasini himoyalash uchun qo‘yilgan plyonka deb o‘ylashgan.
«Samsung»ning anonim qolishni istagan bir xodimi so‘zlariga ko‘ra, bu muammolar «Galaxy Fold» sotuvga chiqishidan avval ham kuzatila boshlagan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter