Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universitetining uch talabasi AKT vazirligi stipendiyasiga sazovor bo‘ldi

Inha universitetining uch talabasi AKT vazirligi stipendiyasiga sazovor bo‘ldi

Foto:«Mitc.uz»

Toshkent shahridagi Inha universitetining uch nafar talabasi AKT vazirligi stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Stipendiyalarga «Kompyuter va dasturiy injiniring «(SOSIE)» fakultetining 4 va 2-bosqich talabalari Darxonbek Mamataliyev va Ummatoy Yo‘ldosheva, shuningdek «Logistika (SOL)» fakultetining 3-bosqich talabasi Azizjon Shodiyev sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ushbu stipendiyasi talabalar egallagan bilim darajasi, tadqiqotchilik faoliyati, tashabbuslari, namunali xulqi va intizomi uchun beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring