Ilon Mask «Twitter»ga qarshi da’vo bilan chiqdi
![Ilon Mask «Twitter»ga qarshi da’vo bilan chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3763009558.jpg)
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask «Twitter»ga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi. Uning rahbariyati avvalroq ijtimoiy tarmoqni sotib olish bo‘yicha bitimni yakunlashdan bosh tortgani uchun uni sudga bergan edi.
Mask 29 iyul kuni, tadbirkorning kelishuvdan voz kechishi mumkinligini aniqlash uchun besh kunlik sud jarayoni rejalashtirilganidan ko‘p o‘tmay sudga murojaat qildi.
CNBC nashrining aniqlik kiritishicha, tadbirkor suddan qarshi da’vo tafsilotlarini tarqatmaslikni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Mask «Twitter»ni 44 milliard dollarga sotib olishdan bosh tortdi, chunki kompaniya shartnoma majburiyatlarini bajarmagan va tadbirkorga u so‘ragan ma’lumotni taqdim etmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter