Xitoy fazoviy elektr stansiyasini qurishni boshladi
«The Sydney Morning Herald» xabar berishicha, Xitoy yaqin yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan kosmik elektr stansiyasining birinchi bo‘lmalarini qurishga kirishdi. Bu xabarga ko‘ra, stansiya quyosh energiyasini fazoda turib yig‘adi va Yerga mikroto‘lqinlar yoki lazer nurlari yordamida uzatadi.
Stansiya geosinxron orbitada joylashtiriladi. Uning birinchi blogi 2025-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Agarda «muallaq» elektrostansiya loyihasi kutilgan samarani bersa, 2050-yilda yanada yiriklari ishga tushiriladi va Xitoyning kattta qismini arzon elektr energiyasi bilan ta’minlay boshlaydi. Yerda esa quyosh energiyasini qabul qiluvchi va saqlovchi infratuzilma barpo etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter