Hokimliklar mas’ullari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Joriy yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari ishtirokida malaka oshirish o‘quv-seminarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma’ruza qilib, o‘quv-seminari ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda ma’ruza qilgan AKT vaziri Shuhrat Sodiqov prezident Shavkat Mirziyoyevning parlamentga 2019-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2020-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasi butun xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganini va Murojaatda mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan dolzarb masalalar o‘z aksini topganini ta’kidladi.
O‘quv-seminarida Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirishda mahalliy hokimliklarning dolzarb vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar bilan bo‘lib o‘tgan seminar ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter