Hindiston eng yengil yo‘ldoshni fazoga olib chiqdi
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) tarixdagi eng yengil yo‘ldoshni Yer orbitasiga olib chiqdi. Bu haqda ISRO matbuot xizmati xabar berdi.
«Kalamsat-V2» orbita yo‘ldoshining og‘irligi atigi 1,26 kilogramm. U tomonlari 10 santimetrlik kub shaklida yasalgan.
Biroq Hindiston shu bir kilolik yo‘ldoshni deb 320 tonnalik raketani uchirgani yo‘q. Asosiy yuk — Hindiston mudofaa vazirligining Yer sirtini monitoring qiluvchi 740 kilogrammlik yo‘ldoshi sanaldi. Harbiylarning «Microsat-R» yo‘ldoshi 274 kilometr balandlikdagi quyi orbitaga chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter