Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har bir kishiga oyiga 10 GB internet bepul beriladi — Janubiy Afrika

Har bir kishiga oyiga 10 GB internet bepul beriladi — Janubiy Afrika

Foto: «Rossaprimavera»

Janubiy Afrika Respublikasida har bir kishiga internetdan asosiy xizmat sifatida bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda «Business Tech» xabar berdi.

JAR aloqa va raqamli texnologiyalar vaziri Kxumbudzo Ntshafenining aytishicha, 2023-2024-yillardan e’tiboran hukumat mamlakatdagi har bir xo‘jalikni oyiga 10 GB atrofida bepul internet bilan ta’minlamoqchi.

«Internet suv va elektr energiyasi kabi hamma uchun foydali va kerakli xizmatga aylandi. Biz JARdagi har bir oilani, boy yoki kambag‘alligidan qat’i nazar, oyiga 10 GB internet bilan ta’minlamoqchimiz», — dedi vazir.

«Media Monitoring Africa» notijoriy tashkiloti ijrochi direktori Uilyam Byord odamlar teng huquqda internet bilan ta’minlanmas ekan, mamlakat aparteid davridagi holatidan deyarli farq qilmasligini ta’kidladi. U internetga ulanishni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan suv va uy-joy kabi insonning asosiy huquqlaridan biri, deya ta’rifladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring