Hali tug‘ilmagan ijrochi tomonidan yaratilgan albom chiqariladi
Amerikadagi musiqiy leybl hali tug‘ilmagan ijrochi tomonidan yaratilgan albomni chiqarishmoqchi; «Tug‘ilmagan go‘dakning tovushlari» («Sounds of the Unborn») deb nomlanuvchi to‘plam aprel oyining boshlarida chiqadi.
«Hali analogi mavjud bo‘lmagan albom haqida xabar berayotganimizdan mamnunmiz. U ijrochi Luka Yupanka hali ona qornida bo‘lganidayoq yaratilgan. Uni ota-onasi — Elizabet Xart va Ivan Dias Mate yozib olishgan. Hali kunduzgi yorug‘likni ham ko‘rmagan, hali biror marta ham nafas olmagan jonni ifodalovchi to‘plam 2-aprel kuni sotuvga chiqadi», — deyiladi Sacred Bones leyblining Instagram-akkauntida.
«Guardian» nashri ta’kidlaganidek, Lukaning ota-onasi meditatsiya mashg‘ulotlari paytida MIDI biotovush texnologiyasi yordamida ona qornidagi tovushlarni yozib olishgan. So‘ngra sintezatorlar yordamida tebranishlarni o‘zgartirishgan.
Qayd etilishicha, ota-onasi Lukaning tovushlarini dastlabki ko‘rinishda saqlab qolish uchun iloji boricha o‘zgartirmaslikka harakat qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter