Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google qidiruv tizimini tubdan o‘zgartirmoqchi

Google qidiruv tizimini tubdan o‘zgartirmoqchi

Google sun’iy intellektga asoslangan suhbatlar, qisqaroq videolar va ijtimoiy media postlarini joriy etish orqali qidiruv natijalarini taqdim etish usulini o‘zgartirmoqda. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Saytda qidiruv natijalarini chiqarishning an’anaviy formati o‘rniga Google foydalanuvchilarga neyron tarmoq chatboti bilan o‘zaro aloqa qilish imkonini beruvchi yangi funksiyalar joriy qilinadi.

Google allaqachon qator texnologiyalarning ba’zilarini joriy qilishni boshlagan va kelajakda ularga ko‘proq e’tibor berishda davom etadi. Qidiruv tizimi o‘z ishida butun dunyo bo‘ylab yoshlarning istaklariga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring