«Google» abortga oid reklamalarni bloklamoqda
«Google» 10-maydan boshlab Irlandiyada abort borasida referendum o‘tkazishga bog‘liq barcha reklamalarni bloklashni boshlaydi, deb xabar berdi «NV.ua».
«Adolatli saylovlarni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Irlandiya konstitutsiyasining sakkizinchi tahriri borasidagi referendumga oid barcha reklama e’lonlarini to‘xtatishga qaror qildik», deyiladi kompaniya bayonotida.
Kuni kecha «Facebook» ham referendumga bog‘liq reklamalarni bloklashni boshladi. O‘z navbatida «Google» reklamalar qayerdan kelishidan qat’iy nazar bloklaydi. «Google»ning reklamalari millionlab saytlarda, jumladan, «YouTube»da ham aylanadi.
Irlandiyada referendum 25-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Saylovchilar mamlakat konstitutsiyasida qayd etilgan «hali tug‘ilmagan chaqaloqlarning huquqi» bekor qilinishiga ovoz beradi. Hozirda Irlandiyada homiladorlik faqatgina favqulodda holatlarda to‘xtatiladi.
Irlandiya saylov qonunchiligi xorij tashkilotlariga saylov kompaniyalarini moliyalashtirishni taqiqlamoqda. Biroq ijtimoiy tarmoqlar xorijdan moliyalashtirilgan reklamalarni joylashtirishda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter