«Gmail» foydalanuvchilari o‘ziga o‘zi spam yubormoqda

«Gmail» spam-xabarlarni juda yaxshi filtrlaydi — bu mazkur servisning eng kuchli jihatlaridan biri. Biroq o‘tgan yakshanba kuni ko‘plab foydalanuvchilar o‘z pochtasiga spam-xabarlar kelayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Qiziqarli jihati, ushbu spamlar foydalanuvchilarning akkauntlaridan o‘ziga kelgan.
Bu holat ikkitalik autentifikatsiya va yangi parollar himoyasiga qaramay sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, pochtani buzib kirishga urinish bo‘lmagan. «Spamchilar» spam-filtrlarni chetlab o‘tish uchun yolg‘on sarlavhalardan («headers») foydalangan. Tizim esa xabarni foydalanuvchining o‘zi o‘ziga yuboryapti deb o‘ylagan.
«Google» vakillarining so‘zlariga qaraganda, «bu turdagi spam-kompaniyaga «Gmail»ning unchalik katta bo‘lmagan guruhi duch kelgan» va kompaniya o‘z mijozlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘rishni boshlab yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter