Global elektr energiyasining 1 foizi mayningga ketyapti
Prinston universiteti olimi Arvind Narayan kriptovalyutalar mayningi jahon elektr energiyasining 1 foizini ishlatishini hisoblab chiqdi. Bu haqda «Theoutline.com» yozmoqda.
Narayanning fikricha, hozir bu jarayonni «yashillashtirish»ning aslo iloji yo‘q, foyda olishga qancha energiya sarflanishini aniqlashning yagona yo‘li — kriptovalyutaning narxi.
«Agarda kriptovalyutaning narxi oshsa, uni hisoblashga energiya sarfi ham oshadi. Agarda pasaysa, elektr energiyasi sarfi ham ozayadi. Qolgan omillarning hech qanday ahamiyati yo‘q. Masalan, tog‘-kon qurilmasini olaylik: uning ishlab chiqarish unumdorligi oshgani energiya iste’moliga deyarli ta’sir o‘tazmaydi», — ta’kidlaydi u.
Narayanning hisoblashicha, jahon bo‘yicha ayni paytda kriptovalyutalar uchun kuniga kamida 1 GVt elektr quvvati sarflanmoqda.
Olimning izlanishi tahsinga loyiq, albatta, biroq mayninglar davlatlar tomonidan boshqarilmasligi, ayrim mamlakatlarda mutlaqo taqiqlangani nazarda tutilsa, mayningchilar aslida qancha elektr toki ishlatishayotganini aniq raqamlarda ifodalash ancha murakkab ish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter