Glazgo metrosining poyezdlari ikki yil ichida to‘liq mashinistsiz boshqariladi. Hatto metropolitenda ham xodimlar bo‘lmaydi
Shotlandiyaning Glazgo shahridagi metro poyezdlari 2020 yilning oxiriga qadar mutlaq haydovchisiz boshqariladi, deb xabar berdi «NV.ua».
Bu faqatgina metro poyezdlari metropoliten liniyalari bilan to‘liq mustaqil harakatlanishini anglatibgina qolmay, balki u yerda birorta ham metropoliten xodimi bo‘lmasligini bildiradi.
Ayni vaqtda Buyuk Britaniyada avtonom poyezdlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular Londondagi Doklend yengil metrosi bo‘ylab harakatlanmoqda. Biroq har bir poyezdning ichida operator bo‘lib, ular har qanday vaziyatda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyor, shuningdek, xavfsizlikni ham nazorat qiladi.
Glazgodagi poyezdlar Buyuk Britaniyadagi to‘liq avtonomlashgan birinchi metro poyezdlariga aylanadi. Ular videokuzatuvni amalga oshiradigan kameralar bilan jihozlanadi, agarda yo‘lovchilar ko‘payib ketsa metro xodimi yordamga keladi.
Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlari, xususan, AQSh va Yaponiya metro tizimlari avtonom poyezdlarga o‘tmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter