Germaniya dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq avtomatlashgan poyezdni taqdim etdi
«Siemens» kompaniyasi va Germaniya temiryo‘l operatori — «Deutsche Bahn» (DB) dunyodagi ilk to‘liq avtomatlashgan (mashinistsiz harakatlanadigan) poyezdni 11-oktyabr kuni Gamburg shahrida ishga tushirdi.
«Deutsche Bahn» bosh direktori doktor Richard Luts matbuotga shunday dedi: «Bir kilometr ham yangi yo‘l qurmasdan, atomatlashgan temiryo‘llar yordamida o‘z yo‘lovchilarimizga yanada ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatamiz».
«Siemens» va «Deutsche Bahn»ning yangi poyezdi amaldagi temiryo‘l infratuzilmasi bo‘ylab, odamlar boshqaruvidagi boshqa poyezdlar qatorida harakatlanadi.
«Siemens» kompaniyasi bayonotida yangi poyezd sun’iy intellektdan foydalanish natijasida grafikka mos harakatlanishi, mashinist (odam)ga qaraganda samaraliroq ishlashi aytiladi. Gamburg shimolidagi tezkor temiryo‘lga (S-Bahn) qo‘yilgan to‘rtta poyezd dekabr oyidan yo‘lovchilarni tashishni boshlaydi.
To‘liq avtomatlashgan poyezd DB amalga oshirayotgan «Digital Rail Germany project» zamonaviylashtirish loyihasi doirasida 60 million yevro (70 mln. dollar)ga qurildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter