Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

GameDev Goethe o‘yinlar ishlab chiqish inkubatorining ikkinchi mavsumi ochildi (video)

GameDev Goethe o‘yinlar ishlab chiqish inkubatorining ikkinchi mavsumi ochildi (video)

27 mart kuni Toshkentdagi Gyote institutida matbuot anjumani va GameDev Goethe o‘yinlar ishlab chiqish inkubatori ikkinchi mavsumining ochilish marosimi o‘tkazildi. Uning doirasida inkubator ishtirokchilari uchun Open Air tashkil etildi.

Inkubator tashkilotchisi Akmal Salixovning aytishicha, O‘zbekistondagi ilk o‘yinlar ishlab chiqish inkubatorining maqsadi o‘yinlarga ishtiyoqi bor yoshlarga maslakdoshlarni topish va o‘z o‘yinini ishlab chiqishda yordam berishdan iboratdir. O‘yinlar ishlab chiqishda ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar ularga bunda ko‘makdosh bo‘ladilar.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda Gyote instituti tomonidan IT Park ko‘magida barpo etilgan. Inkubatorning 2020 yilda o‘tgan birinchi mavsumiga bo‘lgan qiziqish kutilgandan ham ortiq bo‘lib, tashkilotchilar ishtirok uchun 550 ta ariza qabul qildi. Ikkinchi mavsumga arizalarni qabul qilish joriy yilning 15 fevralida boshlangan bo‘lib, hozirgi kunda unga 700 dan ortiq ariza kelib tushdi.

Aytib o‘tish joizki, o‘tgan mavsumining ishtirokchilari juda mamnun – inkubator ular o‘zlariga maslakdoshlarni topishida, jamoalarga birlashishida ko‘mak berdi hamda yanada ko‘proq va yaxshiroq o‘yinlar ishlab chiqishga turtki bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring