Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya kiberxavfsizlik uchun bir milliard yevro ajratadi

Fransiya kiberxavfsizlik uchun bir milliard yevro ajratadi

Foto: «Kaspersky.ru»

Fransiya kiberxavfsizligini kuchaytirish uchun hukumat bir milliard yevro ajratadi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

18-fevral kuni kiberxavfsizlik strategiyasiga bag‘ishlangan videokonferensiya chog‘ida prezident ushbu masala bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rish kerakligini ma’lum qildi. Chunki kiberhujumlar xavfi jiddiyligicha qolmoqda va barcha sohalarga tahdid qilmoqda. Fransiya rahbari shifoxonalar (hujumlar umumiy sonining 11%), boshqarmalar, ommaviy axborot vositalari, yirik va kichik kompaniyalar kiberhujumlarga duchor bo‘layotganini ta’kidladi. Bu haqda LCI axborot agentligi xabar berdi.

Makron iqtisodiyotni tiklash rejasi va investitsiya dasturlari doirasida bir qator sohalarda, jumladan, «yangi suveren texnologiyalar»ni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, «samarali ekotizim» yaratish va boshqa sohalarda 2025-yilgacha 1 milliard yevro ajratilishini e’lon qildi. Shu tariqa davlat va xususiy tadqiqotlar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish va Fransiya bozorining 30-40 foizini tashkil etuvchi chet elliklar ulushini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Makron, shuningdek, 2025-yilga qadar raqamli texnologiyalar sohasida ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish maqsadini ham aytib o‘tdi.

Raqamli texnologiyalar bo‘yicha davlat kotibi Sedrik Oning BFMTV telekanali efirida ma’lum qilishicha, Fransiyada shifoxonalar, mahalliy hokimiyat organlari, kichik biznes va jismoniy shaxslarga qilingan kiberhujumlar 2019-yildan 2020-yilgacha to‘rt baravar oshgan. Misol uchun, o‘tgan yili Fransiya tibbiyot muassasalariga 27 ta kiberhujum uyushtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring