Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi
6-oktyabr kuni fizika yo‘nalishida Nobel mukofoti sohiblari nomlari aniq bo‘ldi.
Astrofizika va astronomiya sohalarida yutuqlarga erishgan uch nafar olim: Rojer Penrose (Oksford universiteti, Buyuk Britaniya) bilan Reynxard Genzel (Maks Plank nomidagi fizika instituti, Garching, Germaniya va Kaliforniya universiteti, Berkli, AQSh) «Qora tuynuk paydo bo‘lishi umumiy nisbiylik nazariyasining ishonchli bashorati ekanligini isbotlagani uchun», Andrea Gez (Kaliforniya universiteti, Los-Anjeles, AQSh) «Bizning galaktikamiz markazida juda katta hajmli ixcham ob’yektni kashf etgani uchun»fizika bo‘yicha nobel mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Uch laureat koinotdagi eng ekzotik hodisalardan biri - qora tuynuk haqidagi kashfiyotlari uchun fizika bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofotini olishdi. Rojer Penrose umumiy nisbiylik nazariyasi qora tuynuklarning paydo bo‘lishiga olib kelishini ko‘rsatdi.
Reynxard Genzel va Andrea Gez ko‘rinmas va o‘ta og‘ir narsa bizning galaktikamiz markazidagi yulduzlar orbitasini boshqarishini aniqladilar. Qora tuynuk esa hozirda ma’lum bo‘lgan yagona tushuntirishdir.
Kuni kecha uch nafar olim fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter