Fermerlar mahalliy «TikTok»da millionlab daromad qilishyapti — Xitoy
Douyin videoplatformasi (TikTokning Xitoyda qo‘llanilayotgan turi)ni ishlatishni bilgan xitoylik uddaburon fermerlar qo‘shimcha daromad olishni o‘rganib olishdi. «Biznes haqida» telegram-kanali yozishicha, tik-toker fermerlarning kontentdan pul ishlashi 15 baravarga oshgan va bu o‘sish davom etyapti.
Masalan, Go Chenchen ismli fermerning 2,5 mln. obunachisi bor, buning ortidan u oyiga 9 mln. yuan atrofida daromad olyapti. AQSh dollariga o‘girilsa — 1,38 mln. atrofida. Qo‘shimcha daromad deyishga til bormaydi...
Strimerlarning o‘zlari fermer-kontentlarining bunchalik ommalashishini aksariyat shaharliklar tabiatni sog‘inishgani va peshtaxtalardagi mahsulotlarga unchalik ham ishonishmasliklari bilan bog‘lashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter