Fazodan yo‘llangan ovoz
Bundan roppa-rosa 60 yil avval — 1958-yilning 18-dekabr kuni AQSh Yer orbitasiga ilk aloqa yo‘ldoshini uchirdi. «SCORE» yerliklarning xabarlarni translyasiya qilish bo‘yicha birinchi tajribasi, «gapiruvchi» ilk yo‘ldoshi edi.
Yo‘ldosh uzoq muddatga mo‘ljallanmagandi, u orbitada atigi 34 kun «yashadi». Biroq AQShning 34-prezidenti Duayt Eyzenxauer yo‘llagan xabarni uzatib, o‘z nomini tarixga yozdi: «Qo‘shma Shtatlar prezidenti gapiryapti. Texnika mo‘’jizasi kosmos orqali uchib borayotgan yo‘ldosh orqali sizlarga meni tinglash imkonini berdi. Xabarim oddiy. Men siz va butun insoniyatga Amerika Yer yuzida tinchlikni istashini va barcha insonlarga yaxshi niyat tilashini bildiraman».
«Gapiruvchi» yo‘ldosh 13 kun davomida xabarlar jo‘natib turdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter