Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook»ning yangiliklar lentasi o‘zgarishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, kompaniya 2,9 milliard dollar yo‘qotdi

«Facebook»ning yangiliklar lentasi o‘zgarishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, kompaniya 2,9 milliard dollar yo‘qotdi

Foto: «NV.ua»

«Facebook» yaqin kunlarda yangiliklar lentasidagi postlar tartibini o‘zgartiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Biz o‘z servisimiz foydalanuvchilar uchun nafaqat qulay, balki foydali bo‘lishi uchun ham javobgarmiz», — deb yozadi Sukerberg.

Bundan oldinroq, «Facebook» tadqiqotchilari ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar va videolarni passiv tarzda kuzatib borish sog‘liq uchun zararli ekanligini aniqlagandi. O‘zgaritish ishlari yaqin bir necha hafta ichida bo‘lib o‘tadi.

«Bu kabi o‘zgarishlardan so‘ng, odamlar «Facebook»da vaqtini kamroq sarflashiga va xabarga kamroq e’tibor berishiga umid qilaman», — dedi Sukerberg.

«Facebook» asoschisining bu so‘zlaridan so‘ng, kompaniya narxi 2,9 milliard dollarga kamaydi.

Shunday qilib, Mark Sukerbergning boyligi endilikda 74,4 milliard dollarni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring