«Facebook»ning 533 million foydalanuvchisi ma’lumotlari xakerlar qo‘liga o‘tdi — ularni «Telegram»da sotishmoqda
Xakerlar «Facebook»ning 533 million foydalanuvchisi ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, «Telegram» orqali pullashmoqda. Bu haqda ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Alon Galga asoslanib «The Verge» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, «Telegram»dagi bot «Feysbuk»dagi har bir foydalanuvchi ma’lumoti uchun 20 dollardan so‘rayapti. 10 ming nafar foydalanuvchi haqidagi ma’lumotni 5 ming dollar evaziga qo‘lga kiritish mumkin.
Xakerlar o‘g‘irlagan ma’lumotlar sirasiga «Facebook»da ro‘yxatga olish uchun kerak bo‘ladigan foydalanuvchining shaxsiy telefon raqami ham kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter