«WhatsApp» asoschilaridan biri «Facebook»ni o‘chirib tashlashga chaqirdi
![«WhatsApp» asoschilaridan biri «Facebook»ni o‘chirib tashlashga chaqirdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4250097035.jpeg)
«WhatsApp» messenjeri asoschilaridan biri Brayan Akton foydalanuvchilarni «Facebook» akkauntlarini o‘chirib tashlashga chaqirdi. Bu haqda u o‘zinig «Twitter»dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar beradi «NV.ua».
«Vaqti keldi», deb yozadi Akton #deletefacebook heshtegini qo‘shgan holda.
Akton va uning hammuassisi «WhatsApp» messenjerini Mark Sukerberg kompaniyasiga 2014-yilda 16 milliard dollarga sotib yuborgan. Post AQSh prezidenti Donald Trampga ishlagan «Cambridge Analytica» kompaniyasi «Facebook»ning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisi shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘lganidan so‘ng e’lon qilindi.
Avvalroq, AQSh federal savdo komissiyasi «Facebook»ni tekshiruvdan o‘tkazishni boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Ijtimoiy tarmoq shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish qoidalarini buzgan bo‘lishi mumkin.
Estalib o‘tamiz, Brayan Akton 2018-yilning fevralida «Signal» nomli xavfsiz messenjerni yaratishga 50 million dollar sarmoya kiritgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter