Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook»dagi akkauntni o‘chirish yoki faolsizlantirishni bilasizmi?

«Facebook»dagi akkauntni o‘chirish yoki faolsizlantirishni bilasizmi?

Foto: Layfxaker

Layk»larga qaramlik, yangiliklar tasmasini maqsadsiz aylantirishlar, agressiv sharhlovchilar, xullas, ijtimoiy servislar bilan bog‘liq noxush holatlarni sanayversak — chiqaveradi. Ayniqsa, «Facebook»da bu yaqqolroq namoyon: noqulay interfeys va reklamaning ko‘pligi muloqotga faqat xalaqit beradi.

«Facebook» o‘zi bilan orani uzmoqchi bo‘lganlarga ikki yo‘lni taklif qiladi: akkauntni faolsizlantirish yoki butunlay o‘chirish.

«Facebook»dagi akkauntni faolsizlantirish

Deaktivatsiya (faolsizlantirish) shaxsiy profilni vaqtincha o‘chirib turishni ko‘zda tutadi. Agar «Facebook»ka yana qaytish niyatingiz bo‘lsa, sizga shu usul qulay.

Bunda sizning sahifangiz ko‘rinmas holatga keladi, uni qidiruv yordamida topish mumkin emas. Biroq ayrim ma’lumotlar, masalan, jo‘natilgan xabarlaringiz «Facebook»ning boshqa foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘ladi. Siz akkauntingizga qayta kirishingiz bilan uning oldingi holati to‘liq tiklanadi.

O‘z profilingizni faolsizlantirish uchun unga «Facebook» sayti yoki mobil ilova orqali kirib, sozlamalarga o‘ting. Agar «Android» yoki «iOS» amaliy tizimlaridan foydalansangiz «Nastroyki akkaunta» («Akkaunt sozlamalari») → «Obщiye» («Umumiy») → «Upravleniye akkauntom» («Akkauntni boshqarish») → «Deaktivirovat» («Faolsizlantirish») sozlamalarini bosing. Mabodo sayt orqali kirgan bo‘lsangiz «Upravleniye akkauntom» («Akkauntni boshqarish») → «Deaktivirovat akkaunt» («Akkauntni faolsizlantirish ») sozlamalarini bosing.

Tasdiqlovchi parolni kiriting va keyingi ko‘rsatmalarni bajaring.

«Facebook»dagi akkaunti o‘chirish

Agar akkauntni o‘chirib yuborsangiz sizning ijtimoiy tarmoqdagi barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz yo‘q bo‘lib ketadi va ularni qayta tiklash ilojsiz. Jarayon (akkauntni o‘chirish) siz o‘chirish haqidagi so‘rovni jo‘natganingizdan so‘ng bir necha kun o‘tib boshlanadi («Facebook» aniq muddatni aytmaydi). Agar fikringizdan qaytib qolsangiz mana shu oraliqda so‘rovingizni qaytarib olsangiz bo‘ladi. Ma’lumotlarning zaxira tizimlaridan to‘liq o‘chirib yuborilishiga uch oygacha vaqt ketadi.

O‘chirishdan oldin siz o‘z akkauntingizda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarni kompyuteringizga ko‘chirib olishingiz mumkin. Buning uchun brauzer orqali «Facebook»da avtorizatsiyadan o‘tib, sozlamalarga kiring va sahifaning eng quyi qismida joylashgan «Skachat kopiyu vashix dannix na Facebook» («Facebook»dagi ma’lumotlaringiz nusxasini ko‘chirib olish» tugmasini bosing.

O‘chirishga so‘rov jo‘natish uchun istalgan qurilmada ushbu havolaga o‘ting, agar lozim bo‘lsa, o‘sha o‘zingiz o‘chirmoqchi bo‘lgan akkaunt yordamida avtorizatsiyadan o‘ting. Keyin esa servisning ko‘rsatmasi bo‘yicha amallarni bajaring.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring