Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Facebook siyosatga oid xabarlar hajmini kamaytiradi

Facebook siyosatga oid xabarlar hajmini kamaytiradi

Foto:«Vox»

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarning yangiliklar lentasida paydo bo‘ladigan siyosiy kontent hajmini kamaytirmoqchi. 

Kompaniya rahbari Mark Sukerberg o‘zining moliyaviy hisobotida odamlar tez-tez o‘zlariga tegishli sahifalarda siyosat haqidagi xabarlarni ko‘rishni istamasliklari haqida arz qilishlarini aytib o‘tgan. Foydalanuvchilar talablarini inobatga olgan holda, kopmaniya bir necha oy davomida turli xil sinov ishlari o‘tkazib ko‘rishini aytgan.

Kompaniya rahbariyati ta’kidlashicha, ushbu hafta Kanada, Braziliya va Indoneziyadagi foydalanuvchilar orasida, yaqin haftalarda esa AQShda siyosatga oid postlar soni kamayadi.

Facebook davlat idoralaridan kelgan xabarlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan nashr etiladigan koronavirus haqidagi ma’lumotlarni cheklamaydi.

AQShda foydalanuvchilarning yangiliklar lentasida ko‘rgan barcha xabarlarning taxminan 6 foizini siyosiy kontent tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring