«Facebook» yangi yo‘nalish uchun xodimlarni ishga olmoqda
![«Facebook» yangi yo‘nalish uchun xodimlarni ishga olmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1580412932.jpeg)
«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i o‘zining mikrochiplarini ishlab chiqarish maqsadida mutaxassislar jamoasini yig‘ishga kirishdi. Bu haqda «Bloomberg» agentligiga tayanib, «NV.ua» xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoq guruhi «shaffof Soc/ASIC, proshivka va drayverlarni yaratish bo‘yicha tashkilotchilik» bo‘yicha vakansiya e’lon qilgan. Mazkur vakansiya yetarli darajada yopiq joyda ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, ish endi boshlanish arafasida.
Vakansiyaning izohida «Facebook» ushbu chiplardan nima maqsadda foydalanmoqchi ekanligi aniq ko‘rsatilmagan bo‘lib, faqatgina «sun’iy intellekt sohasidagi tajriba» bo‘lishi talab etilgan.
Kuzatuvchilarning fikricha, «Facebook» mobil qurilmalar, «aqlli» kolonkalar, virtual reallik shlemlari, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlovchi markazlardagi serverlar uchun chiplar ishlab chiqarish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter