Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» tasodifan 14 million foydalanuvchi shaxsiy postlarini ovoza qilib yubordi

«Facebook» tasodifan 14 million foydalanuvchi shaxsiy postlarini ovoza qilib yubordi

Foto: «NV.ua»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining 14 million foydalanuvchisiga tegishli ma’lumotlar texnik xato tufayli tarqalib ketdi. Bu haqda «Associated Press» agentligiga tayanib, «NV.ua» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, akkauntlar sozlamasida sodir bo‘lgan xatolik tufayli profil mualliflarining shaxsiy ma’lumotlari ularning ruxsatisiz tarqalib ketgan. Buning oqibatida faqatgina belgilangan odamlar guruhi ko‘rishi mumkin bo‘lgan postlar ham keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etilgan.

Mazkur noxush hodisa 18—27-may kunlari sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, «Facebook» xodimlari ushbu xatolikni 22-may kuni aniqlashgan, biroq chop etilgan xabarlar sozlamasini faqatgina oradan besh kun o‘tgach to‘g‘irlashgan.

Xatolikning yuzaga kelishiga yangi funksiya ustida o‘tkazilgan sinov sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoq ma’muriyati foydalanuvchilardan kechirim so‘radi. Kompaniya yuqoridagi xatoli to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring