«Facebook» Sukerberg xavfsizligi uchun 9 mln dollar sarfladi
«Interfax.ru»ning mazkur kompaniyaning hisobotiga oid «CNN» ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, «Facebook»ning Sukerberg xavfsizligi uchun xarajatlari 2016-yildagiga qaraganda bir yarim baravar, ya’ni 5,8 million dollar ko‘p.
Sukerberg xavfsizligi va xususiy samolyotlardagi safarlari bilan bog‘liq xarajatlarning umumiy miqdori esa uch yilda 20 million bo‘lgan. Bunga kompaniyaning yonilg‘i va ekipaj ishi uchun, qolaversa, Sukerberg boradigan joylardagi xavfsizlik tizimi faoliyati uchun ketgan mablag‘lari ham kiradi.
«Facebook»dan ma’lum qilinicha, xarajatlarning o‘sib borishi kompaniya prezidenti va bosh direktoriga nisbatan tazyiqlarning borgan sari kuchayayotganiga bog‘liq. «CNN»dagi eslatmaga qaraganda, Sukerbergning yillik maoshi hamon rasman 1 dollarligicha qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter