Facebook barchaga o‘zini Sukerbergdek his qilish imkonini beradi
Facebook barcha foydalanuvchilar uchun Unsend tugmachasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakili TechCrunch nashriga ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjerning shifrlangan versiyasidan foydalanuvchilar taymer qo‘yish imkoniga ega bo‘ladilar va belgilangan vaqt o‘tgach, xabarlar avtomatik ravishda o‘chib ketadi. Aniqlik kiritilishicha, kompaniya xabarlarni o‘chirish xizmatini kengaytirish niyatida. Ammo buning uchun bir necha oy kerak bo‘ladi.
6 aprel kuni Facebook ma’muriyati xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tarmoq asoschisi Mark Sukerbergning xabarlarini boshqa foydalanuvchilar yozishmalari orasidan o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan edi. Unsend tugmachasi joriy etilgach esa, siz ham o‘z xabarlaringizni o‘chirib tashlashingiz va o‘zingizni Facebook asoschisidek his qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter