Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tim Kuk va Mark Sukerberg. «Facebook» atrofida yuzaga kelgan mojaro

Tim Kuk va Mark Sukerberg. «Facebook» atrofida yuzaga kelgan mojaro

Foto:«NV.ua»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg «Apple» bosh direktori Tim Kukka murojaat qilib, «Apple» rahbarining izohini «sayoz tanqid» deya baholadi. Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi reklama modelini bugungi kundagi «oqilona yagona model» deya atadi. Bu haqda «NV.ua» xabar berdi.

Bahs Kuk tomonidan «Facebook»ning «barcha mijozni monetizatsiya qilish» strategiyasini tanqid qilganidan so‘ng boshlangan.

«To‘g‘risini aytganda, mijozlarimiz bizning mahsulotimiz bo‘lganida menetizatsiya orqali ancha pul ishlab olgan bo‘lardik. Biz buni qilmaslikka jazm etdik. Buning o‘rniga «Apple» mijozlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni monetizatsiyalashtirdi. Bu hozirda «Facebook» duch kelgan muammoga qarshi turib bera oladigan kuchli biznes-model edi», — deya ta’kidlagandi Tim Kuk.

Sukerberg esa Kuk tomonidan keltirilgan misolni nosamimiy va sayoz deya baholadi.

Sukerbergning aytishicha, «Facebook»dan hamon erkin foydalanish mumkin, ko‘plab odamlar uning pulli xizmat ko‘rsatishini o‘ziga ravo ko‘ra olmagani sabab «reklamani qo‘llab-quvvatlovchi modelning mavjudligi bu xizmatni yaratishga yordam beradigan yagona oqilona tizimdir».

«Agarda siz faqatgina boy odamlarga xizmat qiladigan servisni qurishni istamasangiz, unda odamlar nimani o‘ziga ravo ko‘rishini bilishingiz kerak. Biz kamroq mablag‘ evaziga bepul servisni yo‘lga qo‘yish ustida mehnat qilmoqdamiz», — dedi Sukerberg.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring