«Facebook» asoschisi bir kunda 6 milliard dollardan ayrildi
«Facebook» asoschisi Mark Sukerberg 19-mart kuni 6 milliard dollar zarar ko‘rdi. Bunga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlari tarqalib ketganligi haqida yangilik sabab bo‘ldi, deb xabar berdi «RBK».
«CNBC»ning ma’lum qilishicha, «Facebook» aksiyalari narxi 19-mart kuni 8 foizga pasaygan. Bunga dam olish kunlari Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi manfaatlari yo‘lida saylovchilarning fikrini o‘rgangan «Cambridge Analytica» ma’lumotlari sabab bo‘ldi. Ular ijtimoiy tarmoqning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisidan ruxsat olmay shaxsiy ma’lumotlarini tahlil qilgan.
Buning oqibatida Sukerberg 6,06 milliard dollar yo‘qotdi. U «Bloomberg» ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyodagi eng boy to‘rtinchi inson hisoblanadi. Undan oldingi pog‘onalardan Jeff Bezos, Bill Geyts va Uorren Baffet o‘rin olgan.
«Facebook» «Cambridge Analytica»ga hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini bildirdi. Shunga qaramay ko‘plab taniqli shaxslar, jumladan, amerikalik siyosatchilar ham ushbu mojaroga o‘z fikrini bildirdi. AQSh Demokratlar partiyasi vakili senator Mark Uornerning aytishicha, «Facebook»ning siyosati «yovvoyi g‘arb» davrini eslatmoqda.
Shu bilan birga aniqlik kiritilishicha, «Cambridge Analytica»ga ma’lumotlarni «Global Science Research» firmasiga asos solgan o‘z xodimlari Jozef Kansellor va Aleksandr Kogan yetkazib turgan.
Xabarlarga ko‘ra, «Facebook» xavfsizlik bo‘limi rahbari Aleks Stamos muddatidan oldin iste’foga chiqarilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter