Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa mamlakati DeepSeek chat-botini blokladi

Yevropa mamlakati DeepSeek chat-botini blokladi

Foto: Reuters

Italiyaning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish boshqarmasi (GPDP) DeepSeek chat-botini blokladi. Maqsad italiyalik foydalanuvchilarni himoyalashdir, deyiladi idora bayonotida.

Bundan tashqari, boshqarma tergov ham boshlagan.

28-yanvar kuni GPDP kompaniyadan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish jarayoni haqida batafsil ma’lumot taqdim etishni so‘ragan. Kompaniya bunga majbur emasligini, ya’ni Italiyada faoliyat yuritmayotgani bois Yevropa qonunlari o‘ziga tatbiq etilmasligini vajlab rad javobini bergan.

Kecha Italiyadagi onlayn-ilovalar do‘konidan DeepSeek olib tashlangan.

Ma’lumot uchun: DeepSeek — ochiq kodli katta til modellari (LLM) ishlab chiqaruvchi kompaniya. Xanchjou (Chjeszyan provinsiyasi)da joylashgan, to‘lig‘icha Xitoyning High-Flyer hedj-fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Kompaniyaga 2023-yilda asos solingan va bosh direktor Lyan Venfeng tomonidan boshqariladi.

Sun’iy intellekt bozoriga DeepSeek chat-botining kirib kelishi juda katta ta’sirini o‘tkazdi. ChatGPT kabi yirik chat-botlar va ulardan foydalanish uchun grafik tezlatgichlar chiqaruvchi Nvidia singari texnogigantlar misli ko‘rilmagan moliyaviy zarar ko‘rishni boshladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring