Eng tez quvvat oluvchi smartfonlar (reyting)
«Gizmochina» tadqiqotchilari qaysi smartfon eng tez quvvat olishini aniqlash uchun sinov o‘tkazishdi. G‘oliblik 30 daqiqa ichida eng ko‘p quvvat to‘plagan smartfonga berildi.
G‘olib esa akkumulyatori sig‘imi 3700 mAs ga teng «Oppo R17 Pro» smartfoni bo‘ldi. Uning batareyasi yarim soatda 92 foizga to‘ldi!
Ikinchi o‘rinda esa «Honor Magic 2» — 83 foiz, akkumulyatori sig‘imi — 3500 mAs.
Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlardagi «Meizu Pro 7 Plus» va «Oppo R11»da bir xil ko‘rsatkich — 66 foiz.
Eng tez quvvat oluvchi smartfonlar yetakchi o‘nligiga, shuningdek, «Vivo X21», «Charm Blue S6», «OnePlus 5T», «Nut Pro 2», «Huawei Mate 10» qurilmalari kirdi.
«Oppo R17 Pro» 50 vattlik «SuperVOOC» tez quvvatlash vositasi hisobiga o‘ziga xos bu poygada tengsiz deb topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter