Eng salohiyatli 100 nafar o‘quvchi chuqur tayyorlanadi
Prezidentimiz 2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga «maktab – tuman – viloyat – respublika» bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5-8 sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.
IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.
«Raqamlashtirish, eng avvalo, mahalladan boshlanishi kerak», dedi davlatimiz rahbari yig‘ilishda.
Hozir «mahalla beshligi» planshet va kompyuter bilan to‘liq ta’minlangan. Lekin mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qanchalik foydalanayotgani savol ostida.
Masalan, yoshlar yetakchisiga subsidiya olish uchun murojaat qilgan fuqaro haligacha mahalla raisi, hokim yordamchisi yoki bandlik bo‘limidan ishsizlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olib kelishga majbur.
«Qachon mahallaga raqamlashtirish to‘liq kirib borsa, shundagina «Elektron hukumat» ishlab ketdi, deb ayta olamiz», dedi Prezident.
Mutasaddilarga 1 martga qadar «Raqamli mahalla» yagona platformasini ishga tushirish va «mahalla yettiligi»ni raqamli tizimlardan foydalanishga o‘qitish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter