«Eng faol yosh dasturchi» respublika tanlovi e’lon qilindi
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida «Eng faol yosh dasturchi» tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov uch bosqichda:
I bosqich — 20-30 aprel kunlari korxona, tashkilot va muassasalarda;
II bosqich — 20-30 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida;
III bosqich — 20-30 iyun kunlari respublika miqyosida o‘tkaziladi.
Tanlov shartlari bilan Respublika kengashining tradeunionict.uz saytida tanishish mumkin.
Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan Yosh mutaxassislar V respublika Forumida ishtirok etadilar.
Tanlovda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, 35 yoshdan oshmagan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter