Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endilikda UZTELECOM’ga onlayn ulanishingiz mumkin!

Endilikda UZTELECOM’ga onlayn ulanishingiz mumkin!

Uy yoki ofisdan chiqmasdan  UZTELECOM GSM’ga ulanishmi? Bu oson! Kompaniya saytidagi yangi masofaviy ulanish imkoniyati orqali  UZTELECOM GSM tarmog‘i abonentiga aylaning. Milliy operatorga ulaning, o‘zingizga yoqqan raqamlarni tanlang, kerak bo‘lsa, onlayn tarzda muddatli to‘lovni rasmiylashtiring!

UZTELECOM GSM tarmog‘iga ikkita texnologiyadan birini tanlash orqali ulanishingiz mumkin: ilg‘or eSIM texnologiyasi yoki an’anaviy SIM texnologiyasi.

SIM/eSIM texnologiyasi orqali tarmoqqa ulanish uchun  UZTELECOMning www.uztelecom.uz

saytiga kirib, kompaniya xizmatlari uchun onlayn ariza bo‘limida (Mobil aloqa) ariza topshirishingiz kerak. U yerda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport/ID-karta/haydovchilik guvohnomasi) va boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni yuklash orqali o‘zingizga yoqqan raqam va tarif rejasini tanlashingiz mumkin. Sizda muddatli to‘lov asosida chiroyli raqamlarni tanlash imkoniyati ham mavjud. Agar siz ushbu variantni tanlagan bo‘lsangiz, ko‘rsatilgan bo‘limda oyma-oy to‘lov va xizmat muddati haqida ma’lumot olasiz.

Ariza qabul qilingandan so‘ng, operator sizning aloqa raqamingizga qo‘ng‘iroq qiladi va raqam uchun to‘lovni amalga oshirish zarurligi haqida xabar beradi.

To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, operator eSIM/SIM kartani siz qoldirgan manzilga yetkazib berish uchun kurerga topshiradi. Kurer sizni tashrifi haqida oldindan xabardor qiladi va nafaqat eSIM/SIM kartani, balki ilova qilingan hujjatlarni ham olib keladi. Buyurtmani qabul qilish uchun siz shaxsingiz va shartnomani imzolashingiz kerak bo‘ladi.

UZTELECOM’ning yangi imkoniyatlari orqali endi orzu qilgan raqamingizni olish uchun ofislarda navbatda turishingiz yoki yo‘lda vaqt o‘tkazishingiz shart emas. Saytimizda yuqoridagi amallarni bajarib,  UZTELECOM abonentiga aylaning.

Muhim! Arizaga ilova qilingan hujjatlar aniq ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan selfi olishda hujjatdagi ma’lumotlar aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Aks holda, taqdim etilgan ariza qabul qilinmaydi.

Ulanish shartlari:

  • Buyurtma berishda abonent o‘z shaxsini tasdiqlovchi to‘g‘ri ma’lumotlarni kiritishi kerak.
  • Tanlangan raqamga xizmat ko‘rsatish shartnomasini imzolash uchun abonent buyurtmada ko‘rsatilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan birga bo‘lishi kerak.
  • Raqam abonent to‘lovi tarif rejasiga muvofiq amalga oshirilgan paytdan boshlab faollashtiriladi (agar siz pullik toifadagi raqamni faollashtirsangiz, raqam uchun ham to‘lovni amalga oshirishingiz kerak).
  • eSIM/SIM karta yetkazib berish:

eSIM/SIM kartani yetkazib berish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 24 soat ichida, dam olish va bayram kunlaridan tashqari, kelib tushgan murojaatlar soniga qarab amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasining boshqa barcha viloyat markazlariga 24 soatdan 48 soatgacha; Boshqa barcha uzoq joylarga yetkazib berish 24 soatdan 3 ish kunigacha amalga oshiriladi. Zaruriyat tug‘ilganda, abonent bilan yana bog‘lanamiz va yetkazib berish muddati haqida xabar beramiz.

  • eSIM/SIM texnologiyasidan foydalangan holda uyali aloqa xizmatlariga ulanish uchun onlayn ariza topshirgan abonentga tanlangan raqamni taqdim etgan mas’ul shaxs abonent shartnomani imzolaganidan so‘ng darhol eSIM/SIM karta bilan abonentni suratga olishi shart. Mas’ul xodim olingan arizaga fotosurat yuklaydi va abonentga xizmat ko‘rsatilganligi haqida xabar beradi.

 UZTELECOM – sizning milliy operatoringiz!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring