Endilikda «Facebook»da 3D xabarlar yozish mumkin

So‘nggi vaqtlarda «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilari uchun ko‘plab yangiliklarni joriy eta boshladi. Masalan, yaqinda uch o‘lchamli postlarni qo‘llab-quvvatlovchi xizmat paydo bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-News».
Yangi imkoniyat 3D-ob’yektlar bilan ishlashni ta’minlaydigan «glITF 2.0» formati yordamida amal oshirildi.
«Yaqinda biz foydalanuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Facebook» lentasi orqali raqamli ob’yektlar bilan aloqa qilish imkoniyatini beradigan 3D postlarni joriy etdik. Ob’yektga barmoq bilan teginilganida u tezda javob qaytarib «ekrandan to‘g‘ri sizga qarab chiqib keladi», — deydi «Facebook» vakillari.
Bundan tashqari yangi «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg yangiliklarni ko‘paytirish maqsadida boshqa kompaniyalar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, foydalanuvchilar «Sony» kompaniyasining «Xperia XZ1» telefoni orqali tasvirga olingan 3D videolar bilan bo‘lishishlari mumkin.
Foydalanuvchilar tasvirlarni aylantirishi, uni sichqonchaning chap tugmasi yordamida yoki barmoq orqali ushlab turishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter