Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron savdo: O‘zbekiston birja savdolarida sotuvchi-tashkilotlar 3,7 trln. so‘mlik qo‘shimcha daromad olishdi

Elektron savdo: O‘zbekiston birja savdolarida sotuvchi-tashkilotlar 3,7 trln. so‘mlik qo‘shimcha daromad olishdi

Foto: «Uzex.uz»

«O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilda birjaning savdo platformalarida ijobiy natijalarga erishilgan. Tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 13,88 trln. so‘mni tashkil etdi.

Elektron savdo ishtirokchilarining akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni soddalashtirilganligi sabab birjada yangi mijozlar soni 22 foizga o‘sdi. Birja savdolarida sof bozor narxlari shakllangani hisobiga sotuvchi-tashkilotlar 3,7 trln. so‘mlik qo‘shimcha daromad olishdi.

2017-yilda tadbirkorlik sub’yektlarining O‘zRTXB elektron savdolaridagi faol ishtiroki kuzatilgan. Tadbirkorlar birja orqali 6,7 trln. so‘mlik tovar resurslarini xarid qilib, 2,7 trln. so‘mlik mahsulot sotishgan. Natijada tadbirkorlarning mahsulotlarini sotish hajmi 15 foizga o‘sdi.

2017-yilda ko‘rgazma-yarmarka savdolari tizimida 1,6 trln. so‘mlik 66,8 mingta bitim tuzilgan. Bu 2016-yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Birjaning ko‘rgazma-yarmarka savdolari va valyuta savdo maydonchasi orqali 58,3 mln. AQSh dollarlik mahalliy mahsulotlar eksport qilindi.

Oldinroq birjaning onlayn-auksioni orqali jismoniy va yuridik shaxslarga sotilgan «chiroyli» avtoraqamlar soni va summasi haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring