Elektron hukumat markazi va UNDESA kelishuvga erishdi
Bugun, 9 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muhitdinov BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UNDESA) vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan, UNDESA va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi qo‘shma loyihalarini amalga oshirish, BMT tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda O‘zbekistondagi vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududida UNDESA xalqaro tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi maydoncha yaratish, O‘rta Osiyo davlatlarida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha seminar treninglar o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida UNDESA portalida O‘zbekiston Respublikasining 14 shahrida mahalliy onlayn xizmatlarni baholashni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter