Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 3 millionga yetdi

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 3 millionga yetdi

Yil boshidan beri Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da 50 dan ortiq yangi elektron davlat xizmatlari joriy qilinib, umumiy onlayn xizmatlar soni 355 ta bo‘ldi. Bu haqda Elektron hukumat markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Yagona portal foydalanuvchilari soni esa yil avvaliga nisbatan 2,8 barobar, ya’ni qariyb 2 millionga ortib, 3 million nafarga yetdi.

My.gov.uz elektron xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi yil boshidan beri 10,9 milliondan ziyodni tashkil etib, bu oflayn tarzda foydalanilganlardan deyarli 2 barobarga ko‘pdir.

My.gov.uzning mobil ilovasida ham 2022 yilda 50 turdagi yangi onlayn xizmatlar joriy qilinib, ilovadagi elektron davlat xizmatlari soni 156 taga yetkazildi.

«Mobile-ID» tizimi foydalanuvchilari soni 108 mingdan oshib, ularning 40 mingdan ziyodi my.gov.uzning mobil ilovasi orqali va 68 mingdan ortig‘i Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tgan.

2022 yilda my.gov.uz da joriy etilgan ommabop elektron xizmatlar:

Portalda chet ellik shaxslar uchun elektron davlat xizmatlari va foydali ma’lumotlar bo‘limi ham yaratilgan.

Xizmatlar ro‘yxatidan:

2022 yilda aholi eng ko‘p foydalangan elektron davlat xizmatlari:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring