Durovning kriptovalyutasi: o‘ziga xos jihatlari va ishlash prinsipi
Tarmoqlarda «Telegram» asoschisi Pavel Durovning «Telegram Open Network» (TON) nomli kriptovalyutasi va blokcheyni haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi «4PDA».
TON bir vaqtning o‘zida hozirgi kriptovalyutalardagi mavjud muammolarni hal etadi: masalan, qiymatning yuqoriligini va soniyasiga 1 million tranzaksiyalar amaliyoti davomiyligini qisqartiradi, shuningdek, boshqa qo‘shimchalarni taklif qiladi.
«Telegram Open Network» xaridlarni, mablag‘ o‘tkazmalarini osonlashtiradi, shuningdek, «kriptlar»dan kundalik hayotda foydalanish sohasini kengaytiradi.
TON «Proof-of Stake» algoritmiga asoslanadi — blok yaratuvchisi hamyonidagi valyuta miqdoriga qarab tanlanadi. «Telegram» blokcheyni asosiy va boshqa ko‘plab qo‘shimcha cheynlardan iborat bo‘ladi hamda o‘zga platformalar ham uni qo‘llab-quvvatlay oladi.
Yangi valyuta orqali amaliyotlar «Telegram Wallet» yengil mijozlari orqali amalga oshiriladi. Mobil dastur faqatgina hamyonning egalariga shifrlangan kalitni taqdim etadi, foydalanuvchining identifikatsiyasi uchun esa yagona «Telegram External Secure ID» tizimi javob beradi.
TONni ishga tushirish bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi: mualliflar yanvarda yopiq valyuta savdosini o‘tkazadilar, tangalarni dastlab joylashtirish 2018-yil mart oyida bo‘lib o‘tadi va to‘rtinchi chorakda ishlab chiquvchilar «Telegram Wallet»ni ishga tushiradilar. «Telegram Open Network» xizmatlarining qolgan qismi 2019-yilning birinchi yarmida ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter