Dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik Vetnamda qurildi (video)
Vetnamda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik qurib bitkazildi. Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan ko‘prikning uzunligi — 631 metr.
Mok-Chau sayyohlik zonasidagi Bax Long shisha ko‘prigi 30-aprel — Birdamlik kuni rasman ochiladi.
Vetnam ko‘prigi bungacha eng uzun shisha ko‘prik sanalgan Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Chjansze (430 metr)dan 200 metr uzunroq. Qolaversa, Bax Long balandroq ham — yer yuzasigacha 152 metr.
Ana shu baland va uzun shaffof ko‘prikdan o‘tishda xavotiga o‘rin yo‘q, chunki «St. Gobain» (Fransiya) kompaniyasining supertoblangan shishasi qo‘llanilgan.
Bax Long ko‘prigi bir paytning o‘zida 500 nafargacha odam chiqishiga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter