Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qo‘rqinchli ovoz – «o‘lim hushtaklari» qayta yaratildi

Dunyodagi eng qo‘rqinchli ovoz – «o‘lim hushtaklari» qayta yaratildi

foto: pikabu.ru

Olimlar atsteklarning o‘lim hushtagining «dunyodagi eng qo‘rqinchli ovozi»ni takrorladilar, ya’ni ayolning qichqirig‘iga o‘xshash «atsteklarning o‘lim hushtaklari»ning dahshatli ovozini qayta yaratdilar.

Hushtak 1990-yillarning oxirida Meksikada erkak skeleti bilan birga topilgan bosh suyak shaklidagi asl nusxaga asoslangan. Olimlar uzoq vaqtdan beri atstek qabilasi o‘z dushmanlarini qo‘rqitish uchun ishlatgan «dunyodagi eng dahshatli ovoz»ning kelib chiqishini o‘rganishdi – 3D-printer yordamida «o‘lim hushtaklari»ning  ovozini kameraga yozib olishdi. Ya’ni qurbonlik paytida «o‘lim hushtaklari» ishlatilgan degan taxmin mavjud. 

Tarixiy artefakt inson bosh suyagi shaklida qilingan hushtakdir. Asl asbob inson halqumining tuzilishiga taqlid qiladi, shuning uchun ovoz juda dahshatli. Biror kishi hushtak chalganda, havo ikkiga bo‘linadi va tebranish tovushlarini hosil qiladi. Hushtak ichidagi yog‘och koptokchalar  sakraydi va ovozni buzadi, bu esa uni yanada qo‘rqinchli qiladi. Olimlar bir necha avlod atsteklar g‘oyib bo‘lgan sivilizatsiyaning «sovuq qon» ixtirosini eshitishganini isbotladilar.

YouTubedagi  Action Lab kanali tomonidan hushtak sadosi aks etgan videoni ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring